Bugun 30 yanvar, 2023 yil, dushanba

КИР

AQSh Kiyevdan yashirincha HIMARS masofasini qisqartirgan

AQSh Kiyevdan yashirincha HIMARS masofasini qisqartirgan

AQSh Ukrainaga topshirilgan HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlari (YARHT) parametrlarini Kiyev Rossiya hududiga zarba bermasligi uchun o‘zgartirgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

“AQSh rasmiylariga ko‘ra, Ukrainaga berilgan HIMARS qurilmalarining parametrlari, Kiyev uzoq masofali raketalar yordamida Rossiya hududiga zarba berishda foydalanmasligi uchun, yashirincha o‘zgartirgan”, - deyiladi maqolada.

Materialda qayd etilishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati ushbu ehtiyot chorasi Moskva bilan ziddiyatning yanada kuchayishi xavfini kamaytirish uchun zarur, deb hisoblaydi.

AQSh Ukrainaga berilgan YARHTlarning tuzilishini shunday o‘zgartirganki, ular uzoq masofaga uchuvchi raketalarni, shum jumladan uchish masofasi 300 kilometrdan ortiq bo‘lgan ATACMS raketalarini ham uchira olmaydi, deya ta’kidlagan nashr.

Qo‘shma Shtatlar ilgari Ukrainaga bunday raketalarni berishni rasman rad etgan bo‘lsa-da, kiritilgan o‘zgartirishlar, hatto Kiyev boshqa kanallar orqali bunday raketalarni olishga muvaffaq bo‘lgan taqdirda ham, HIMARS’dan ularni uchirish uchun foydalanib bo‘lmasligini ta’minlaydi, deb yozadi WSJ.

Kiritildi: 14:49 06.12.2022. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!