Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Karib dengizida qo‘shimcha kuchlarni to‘pladi

AQSh Karib dengizida qo‘shimcha kuchlarni to‘pladi

Qo‘shma Shtatlar Karib havzasida qo‘shimcha qo‘shinlar to‘pladi va mintaqaga ko‘plab maxsus operasiyalar samolyotlarini yubordi.

Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) AQSh ma’muriyatining ismi oshkor etilmagan mansabdor shaxslari va parvoz ma’lumotlari tahliliga tayanib ma’lum qildi.

The Wall Street Journal (WSJ) ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqaga maxsus operasiyalarda qo‘llaniladigan kamida 10 ta Osprey tiltrotor samolyoti, shuningdek, 100 dan ortiq xodimni olib keta oladigan S-17 harbiy transport samolyoti joylashtirilgan.

AQSh rasmiylari nashrga samolyotda qo‘shinlar va harbiy texnika bo‘lganini tasdiqladi, biroq ularning soni va joylashtirilgan qo‘shinlar turi oshkor etilmadi.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!