"AQSh - jahon tarixining qora yuzi". Bu haqda Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch Istanbulda Isroil-Xamas urushiga bag‘ishlangan anjumanda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb yozadi “Report”.
Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar dunyoda sodir bo‘layotgan urush jinoyatlariga ko‘z yumadi: “Bugun xalqaro qonunlar e’tiborga olinmaydi. Hech qanday rezolyusiya ishlamaydi."
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro xavfsizlik tizimi bugungi kunda mavjud muammolarni hal qila olmaydi.