AQSh hukumati jahon bozorida Venesuela neftini sotishni boshladi.
Bu haqda AQSh Energetika vazirligi rasmiy bayonotida aytilmoqda.
Departamentning qayd etishicha, bu faoliyat “AQSH, Venesuela va uning ittifoqchilari manfaatlaridan kelib chiqib” amalga oshirilmoqda. Vashington savdo operasiyalarini amalga oshirish va moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun etakchi global tovar treyderlari va asosiy banklarni jalb qildi.
Hujjatga ko‘ra, Venesueladan xom neft va neft mahsulotlarini sotishdan tushgan barcha tushumlar dastlab AQSh nazorati ostidagi tan olingan global banklardagi hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Energetika vazirligining ta’kidlashicha, bu qaror "mablag‘larni yakuniy taqsimlashning qonuniyligi va yaxlitligini ta’minlash" uchun qabul qilingan.
Mablag‘lar "Amerika va Venesuela xalqi manfaatlarini ko‘zlab" faqat AQSh hukumati ixtiyoriga ko‘ra ajratiladi. Neft sotish darhol boshlanadi, dastlabki bosqichda 30 dan 50 million barrelgacha sotish rejalashtirilgan. Bayonotda bu amaliyotning “cheksiz” davom etishi ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, AQSh Venesuela nefti va neft mahsulotlarini jahon bozorlariga tashish va sotishni ta’minlash uchun sanksiyalarni tanlab olib tashlamoqda.