AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQSh “jahannamga ketyapti” va u kuchli yetakchiga muhtojligini aytdi.
"Mamlakatimiz "jahannamga ketmoqda", millatimiz tanazzulga yuz tutmoqda", dedi sobiq prezident Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden jahon sahnasida ojizligini ko‘rsatdi va AQShga, masalan, Xitoy rahbari Si Szinpin kabi “aqlli” rahbarlar bilan muomala qilish uchun kuchli yetakchi kerak.
"Respublikachi yoki demokrat, men haqiqiy liderni ko‘rishni xohlayman", deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Sentyabr oyi boshida Tramp AQSh yetakchisi Jo Baydenni “davlat dushmani” deb atagan, Bayden esa Tramp va respublikachilarni AQSh asoslariga tahdid soluvchi ekstremistik kuchning timsoli deb atagan edi.