Isroil Qo‘shma Shtatlardan «davom etayotgan harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun» 8,7 milliard dollarlik yordam paketini oladi. Bu haqda Isroil mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS» .
«Isroil Mudofaa vazirligi bosh direktori Eyal Zamir Vashingtonda AQShning mamlakatning davom etayotgan harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 8,7 milliard dollarlik yordam paketi bo‘yicha muzokaralarni yakunladi», — deyiladi departament xabarida.