Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh iqtisodiyoti 3,4 foiz o‘sdi

AQSh iqtisodiyoti 3,4 foiz o‘sdi

AQSh Savdo vazirligi 2023 yil oktyabr-dekabr oylari uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdori bo‘yicha e’lon qilgan yakuniy ma’lumotga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti hisobot davrida 3,4 foiz ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi.

Qo‘shma Shtatlar ayni yo‘nalishda 2022 yil 1,9, o‘tgan yil esa 2,5 foiz o‘sish ko‘rsatkichini qayd etgan.

Mutaxassislar aytishicha, ijobiy o‘zgarish, birinchi navbatda, iste’mol, shuningdek federal, shtat va mahalliy hukumat xarajati, eksport, noturarjoy va turar-joyga doimiy investisiya o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Xuddi shu davrda tovar-moddiy zaxiraga xususiy investisiya qisqargan, import miqdori oshgan.

Kiritildi: 12:54 29.03.2024. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!