AQSh harbiy-dengiz kuchlari Eron bilan urush davrida Hurmuz bo‘g‘ozida to‘rt oylik maxfiy minasizlantirish operasiyasi o‘tkazgan. Operasiyada «Navy SEALs» g‘avvoslari, robotlashtirilgan qayiqlar va suvosti apparatlaridan foydalanilgan.
Ishlar asosan tungi vaqtda olib borilgan: gidrolokatorlar bilan jihozlangan uchuvchisiz kemalar minalarni aniqlagan, so‘ng ularni g‘avvoslar yoki robotlashtirilgan suvosti apparatlari yo‘q qilgan. Xalqaro dengiz tashkiloti bahosiga ko‘ra, asosiy kemalar qatnovi yo‘laklarida 80 ga yaqin mina o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Ayrim kema egalari Hurmuzning Ummon sohiliga yaqin janubiy qismi tozalangan deb hisoblamoqda. Biroq butun bo‘g‘oz minalardan xoli ekaniga ishonch hali yo‘q. Mina xavfi tijoriy kemalar qatnovini keskin kamaytirgan va harbiy xavf sug‘urtasi narxini odatdagidan 10 baravargacha oshirgan.