Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozida neft tashish uchun maxfiy yo‘lak tashkil qildi

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozida neft tashish uchun maxfiy yo‘lak tashkil qildi

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft eksportini ta’minlash maqsadida maxfiy yo‘lak tashkil etgan bo‘lib, u orqali har kuni qariyb 10 million barrel neft tashilmoqda. Bu haqda Axios nashri amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, har kecha 15–20 ta tanker Ho‘rmuz bo‘g‘ozining O‘mon sohillari bo‘ylab o‘tuvchi janubiy yo‘nalish orqali harakatlanmoqda.

Shuningdek, AQSh bo‘sh tankerlarning Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Kuvaytdan neft yuklab olish uchun Fors ko‘rfaziga kirishiga ko‘maklashmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tankerlar harakati AQSh harbiy aviasiyasi himoyasi ostida amalga oshirilmoqda. Amerika harbiy samolyotlari tankerlarga tahdid solishi mumkin bo‘lgan Eron dronlari va raketalarini tutib qolish vazifasini bajarmoqda.

Kiritildi: 11:43 20.08.2026. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!