Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AQSh hukumati amerikaliklarni ogohlantirdi

AQSh hukumati amerikaliklarni ogohlantirdi

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer AQSh rasmiylari nomidan amerikaliklarni jangovar harakatlarda qatnashish uchun Ukrainaga bormaslikka chaqirdi.

“AQSh Davlat departamenti Amerika fuqarolariga Ukrainaga sayohat qilmaslikni tavsiya qiladi... Harbiy harakatlarda qatnashayotganlar jiddiy xavf ostida. Qo‘shma Shtatlar ularning xavfsizligini kafolatlay olmaydi", - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Jan-Pyer, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishilganini, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilgan va asirga olingan ikki AQSh fuqarosining qaytarilishini olqishladi.

Kiritildi: 11:02 24.09.2022. O'qildi: 4585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!