AQSh harbiy kuchlari Karib dengizida giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan tezyurar qayiqqa zarba berdi va to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda AQSh Janubiy qo‘mondonligi e’lon qildi.
"Tasdiqlangan razvedka ma’lumotlari kema giyohvand moddalar kontrabandasi bilan faol shug‘ullanganini ko‘rsatdi", deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
AQSh ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 2025 yil kuzida hujumlar boshlanganidan beri, AQSh harbiylarining giyohvand moddalar savdogarlari tomonidan foydalanilgan deb gumon qilingan tezyurar qayiqlarga qarshi hujumlarida 230 dan ortiq odam halok bo‘lgan.