Isroilning 12-telekanali ma’lum qilishicha, AQSh Qurolli kuchlariga qarashli samolyot-zapravshiklar Ben-Gurion aeroportiga qo‘ngan. Kanal havo kemalarining suratlarini ham e’lon qilgan.
Bundan oldin AQShning USS Gerald R. Ford aviatashuvchisi Krit sohillari yaqinida kuzatilgani xabar qilingan edi. Kema yaqin vaqt ichida Isroilga yaqinlashishi aytilmoqda.