AQShning Apache jangovar vertolyoti Xo‘rmuz bo‘g‘ozi hududida halokatga uchradi, ekipaj a’zolari omon qoldi, deb xabar bermoqda The New York Times vaziyatdan xabardor ikki manbasiga tayanib.
Gazetaning ismi sir qolishini istagan suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, hozircha vertolyot Eron kuchlari tomonidan urib tushirilganmi yoki texnik nosozlik tufayli ishdan chiqqanmi — noma’lum. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
AH-64 Apache — AQSh armiyasi va NATO davlatlarining asosiy zarba beruvchi vertolyoti bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida bronetransportyorlarni yo‘q qilish, havo hujumidan mudofaa tizimlarini bostirish va quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. U kuchli zirh, yuqori aniqlikdagi raketalar va 30 mm-li avtomatik to‘p bilan jihozlangan, ekipaj esa o‘t ochishni kaskadagi nishonni mo‘ljalga olish tizimlari yordamida boshqaradi.