Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh harbiy vertolyoti aviatashuvchiga quladi

AQSh harbiy vertolyoti aviatashuvchiga quladi

AQSh harbiy-dengiz floti vertolyoti Filippindagi USS Ronald Reagan aviatashuvchisi uchish maydonchasiga quladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

U aviatashuvchi parvoz qilgandan bir necha daqiqa o‘tib qulab tushgan.

Mamlakat harbiy-dengiz floti hech kim halok bo‘lmaganligi, bir nechta harbiy xizmatchi MH-60 Seahawk vertolyotining qulashidan jabrlanganligini ma’lum qilgan. Jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmagan. Biroq ularning barchasi barqaror ahvolda.

Vertolyot va aviatashuvchiga yetkazilgan zarar haqida ma’lum qilinmadi. Aviatashuvchi Hind—Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vazifalarini bajarishga tayyor ekanligi ta’kidlanmoqda. Yuz bergan hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:16 19.10.2018. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!