AQSh yaqin haftalarda Gruziyaga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qiladi.
«Gruziyadagi demokratiya bo‘yicha holatdan biz juda qattiq tashvishdamiz. O‘tgan juma kuni hukumat bilan bog‘liq shaxslarga 20 ta yangi viza cheklovi joriy qildik. Yaqin haftalarda biz boshqa choralarni ham qo‘llamoqchimiz», — dedi AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Mettyu Miller brifingdagi bayonotida.
Miller aniqlik kiritishicha, gap sanksiyalarning yangi paketi haqida ketmoqda va ular tez orada e’lon qilinadi.