Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Gresiya-Turkiya mojarosida kimni qo‘llamoqchi?

AQSh Gresiya-Turkiya mojarosida kimni qo‘llamoqchi?

AQSh davlat departamentining ma’lum qilishicha, davlat kotibi Mayk Pompeo keyingi haftada Gresiyaga boradi. Bu, AQSh hozirda O‘rta Yer Dengizi bo‘yicha Turkiya bilan kelisholmayotgan Gresiyani qo‘llab-quvvatlashini anglatadi.

Pompeo ushbu tashrifi chog‘ida Gresiyaning shimolida joylashgan Sessaloniki va Krit orollariga tashrif buyuradi va Gresiya Bosh Vaziri Kiriyakos Misotakis bilan ushrashadi.

“Pompeo AQShning Gresiya bilan O‘rta Yer Dengizi hududida xavfsizlik, tinchlik va rivojlanishni muhokama qiladi va so‘nggi o‘n yilliklardagi AQSh va Gresiya o‘rtasidagi kuchli aloqalarni nishonlaydi” degan AQSh davlat departamenti.

Turkiya o‘tgan oyda O‘rta Yer Dengizidagi bahsli hududlardan neft va gaz zahiralarini topish uchun bu yerga o‘zining tadqiqot kemasini jo‘natgandi. Shundan keyin Gresiya bunga javoban aynan shu hududda dengiz harbiy kuchlarining mashg‘ulotlarini boshladi. O‘shanda Gresiyani Fransiya qo‘llab-quvvatlagandi.

Kiritildi: 19:04 26.09.2020. O'qildi: 2272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!