Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Germaniyadagi harbiy ishtirokini qisqartirmoqchi

AQSh Germaniyadagi harbiy ishtirokini qisqartirmoqchi

Pentagon Germaniyadan 5 ming nafar amerikalik harbiy xizmatchini olib chiqib ketishini ma’lum qildi. Ushbu qaror prezident Donald Tramp va Yevropa yetakchilari o‘rtasida Eron bilan bo‘layotgan urush sababli kelib chiqqan siyosiy kelishmovchiliklar natijasidir.

Pentagon vakillari Germaniyaning so‘nggi bayonotlarini "noo‘rin" deb atab, qo‘shinlarning chiqarilishini bunga javob qadami sifatida baholashdi.

Hozirda Germaniyada 35 ming nafar AQSh askari mavjud bo‘lib, bu Yevropadagi eng yirik harbiy guruh hisoblanadi. Harbiylarni qaytarish jarayoni 6 oydan 12 oygacha davom etishi rejalashtirilgan. Natijada Qo‘shma Shtatlarning Yevropadagi harbiy ishtiroki 2022 yilgi darajagacha kamayadi.

Kiritildi: Bugun 13:30. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!