Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Germaniyada Tomahawk raketalarini joylashtirmaydigan bo‘ldi, sababi...

AQSh Germaniyada Tomahawk raketalarini joylashtirmaydigan bo‘ldi, sababi...

AQSh Rossiya buni “vaziyatni keskinlashtirish” deb qabul qilishidan xavfsiramoqda, deb yozmoqda Politico.

Ikki nafar yevropalik va bir nafar amerikalik mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Vashington rasmiylari “Moskvaning javob harakatlaridan” xavotir olmoqda. Nashr suhbatdoshlari ushbu javob harakatlari aynan nimalardan iborat bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.

Nashrning yozishicha, Germaniyada Tomahawk raketalarini joylashtirishdan voz kechilishi mumkinligining boshqa bir sababi ham bor, bu Eron bilan urush tufayli Qo‘shma Shtatlarning o‘z zaxiralarida raketalarning yetishmovchiligi yuzaga kelganidir.

Germaniyada Tomahawk raketalarini joylashtirish bo‘yicha kelishuvga 2024 yilda, AQSh prezidenti Jo Bayden bo‘lgan davrda erishilgan edi.

Kiritildi: Bugun 16:27. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!