Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh G‘azoni hashamatli kurortga aylantirmoqchi — WSJ

AQSh G‘azoni hashamatli kurortga aylantirmoqchi — WSJ

Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, Tramp ma’muriyati tomonidan G‘azo sektori uchun “Quyosh chiqishi” nomli keng ko‘lamli reja ishlab chiqilgan. Yigirma yilga mo‘ljallangan ushbu loyiha qiymati 112,1 milliard dollar deb baholanmoqda va hududni to‘liq qayta o‘zgartirishni maqsad qilgan.

"Reja mualliflari Trampni kuyovi Jared Kushner va maxsus vakil Stiv Uitkoffning tasavvuriga ko‘ra, G‘azo sektori yuqori texnologiyali kurort-megapolisga aylanishi kerak. Loyihani amalga oshirish to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, u minalardan tozalashdan boshlanadi va zamonaviy transport xablari hamda shaharlarni barpo etish bilan yakunlanadi", deyiladi The Wall Street Journal maqolasida.

Shu bilan birga, rejada moliyalashtirishni kim amalga oshirishi va qayta qurish davrida falastinliklar qayerda yashashi masalalariga izoh berilmagan.

Kiritildi: Bugun 16:07. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!