Gap 20–22 may kunlari Kanadada bo‘lib o‘tayotgan “Katta yettilik” davlatlari moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha e’lon qilinadigan bayonot haqida bormoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, AQSh ushbu hujjatga Ukrainani “keyingi qo‘llab-quvvatlash” haqida band kiritilishiga qarshi. Shuningdek, Vashington hujjatda Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli bosqinini “noqonuniy” deb atashga ham qarshi.
Avvalroq AQSh Rossiyaga qarshi ayblovlar kiritilgan bayonotlar bo‘yicha kelishishni rad etgan edi. Jumladan, fevral oyida Vashington “Katta yettilik” tomonidan tayyorlangan va Rossiyaning Ukraina hududiga qilgan tajovuzi tilga olingan bayonotni tasdiqlamagan edi. Keyinroq Qo‘shma Shtatlar BMT Bosh Assambleyasidan Ukraina va Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan rezolyusiya loyihasini qaytarib olishni so‘ragan va unga muqobil sifatida o‘z hujjatini taqdim etgandi. Oxir-oqibat, ikkala rezolyusiya ham qabul qilingan edi.