Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh fuqarolarining Shimoliy Koreyaga sayohatiga qo‘yilgan taqiq 2020 yil kuziga qadar uzaytirildi

AQSh fuqarolarining Shimoliy Koreyaga sayohatiga qo‘yilgan taqiq 2020 yil kuziga qadar uzaytirildi

AQSh hukumati mamlakat fuqarolarining KXDRga borishini taqiqlashni yana bir bor kuchaytirdi, deb xabar berdi “The Hill” nashri Davlat departamentiga yuborilgan xabarnomaga tayanib.

Agar taqiq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan bekor qilinmasa, u 2020 yil 31 avgustigacha amal qiladi, deb yozadi nashr.

Biroq AQSh Davlat departamenti tomonidan Shimoliy Koreyaga gumanitar masalalar bo‘yicha yoki jurnalistikaga oid masalalarda borishni istaganlar uchun istisnolar bo‘lishi mumkin.

Nashrning eslatishicha, taqiq birinchi marta 2017 yilda AQShning o‘sha paytdagi davlat kotibi Reks Tillerson tomonidan amerikalik talaba Otto Vormbiyerning vafotidan keyin kiritilgan. U Shimoliy Koreyadagi qamoqxonada jazo o‘tayotganda kasal bo‘lib qoldi va shundan keyin komada o‘z vataniga jo‘natildi, va u vafot etdi. Keyingi taqiq 2018 yilda uzaytirilgandi.

Kiritildi: 08:40 20.08.2019. O'qildi: 1246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!