Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Yevropadagi qo‘shinlarini tezroq olib chiqmoqchi

AQSh Yevropadagi qo‘shinlarini tezroq olib chiqmoqchi

AQSh Yevropadagi harbiy kuchlarini chiqarish jarayonini tezlashtirishi va yangilangan rejani NATOdagi ittifoqchilariga kelasi oy taqdim etishi mumkin.

Bu haqda Germaniyaning Welt am Sonntag gazetasi Pentagondagi manbasiga tayanib xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington o‘z takliflarini iyun oyida bo‘lib o‘tadigan NATOning harbiy kuchlarni taqsimlashga bag‘ishlangan konferensiyasida muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

May oyida AQSh Germaniyadan 5 ming nafar harbiy xizmatchisini olib chiqishini e’lon qilgan edi. O‘shanda Pentagon bu jarayon 6 oydan 12 oygacha vaqt olishini ma’lum qilgan. Endi esa mazkur muddatlar qisqartirilishi mumkin, ammo hozircha aniq tafsilotlar ochiqlanmagan.

Ayni paytda Germaniya hududida taxminan 35 ming nafar amerikalik harbiy xizmatchi joylashgan bo‘lib, bu AQShning Yevropadagi eng yirik harbiy kontingenti hisoblanadi.

Kiritildi: 23:01 30.05.2026. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!