Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Yevropa davlatlarining qaysi rejasini bloklashga urinmoqda?

AQSh Yevropa davlatlarining qaysi rejasini bloklashga urinmoqda?

AQSh Yevropa davlatlarini Ukrainaga Rossiya aktivlari hisobidan kredit ajratish rejasini bloklashga ko‘ndirishga uringan, deb yozmoqda Bloomberg.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Yevroittifoqqa a’zo bir necha mamlakatni G‘arb davlatlarida muzlatilgan Rossiya Markaziy banki aktivlari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan “reparasiya krediti” loyihasini qo‘llab-quvvatlamaslikka ko‘ndirishga uringan.

"Amerikalik rasmiylar yevropalik hamkasblariga bu aktivlar Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik kelishuvi erishish uchun zarurligini, ular urushni davom ettirishga ishlatilmasligi kerakligini aytishgan", deya qayd etadi nashr.

Bloomberg materialida AQSh murojaat qilgan davlatlarning nomiga aniqlik kiritilmagan.

Qo‘shma Shtatlarning 28 banddan iborat tinchlik rejasiga ko‘ra, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 100 milliard dollar Ukrainani qayta tiklashga yo‘naltiriladi, Vashington esa bu amaliyotdan olinadigan foydaning 50 foizini oladi. Shuni aytish kerakki, AQShda atigi besh milliard dollarga yaqin Rossiya aktivlari bor, muzlatilgan mablag‘larning asosiy qismi esa Belgiyadagi Euroclear depozitariyida saqlanadi.

2025 yil sentyabr oyi boshida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini garovga qo‘ygan holda Ukrainaga 140 milliard yevrolik “reparasiya krediti” berish g‘oyasini ilgari surgan, kredit urush tugaganidan keyin, Rossiya yetkazilgan zararni qoplagandan so‘ng qaytarilishi kerak edi. Biroq Euroclear depozitariysi joylashgan Belgiya bu rejaga qarshilik qilmoqda, chunki u yuridik javobgarlik va sud da’volaridan xavotirda. Bu mablag‘lardan foydalanish masalasi dekabr o‘rtalarida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:32 05.12.2025. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!