Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Qo‘shma Shtatlar Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) bugun Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) mintaqada AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining ikkita kemasiga ballistik raketalar otganidan so‘ng, Eron neftini tashiydigan uchta tankerga zarba berganini ma’lum qildi.

CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh aviatashuvchisi va boshqariladigan raketali esminesiga bir nechta hujumlar amalga oshirilgan, ammo amerikalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan va kemalarga shikast yetmagan.

Shundan so‘ng, Amerika kuchlari Eronning Xarg oroli yaqinidagi M/T Downy hamda Jask yaqinidagi M/T Stark 1 tankerlariga zarba bergan. Uchinchi tanker – M/T Kylo esa ekipajiga kemani tark etish buyurilgach, O‘mon qo‘ltig‘ida yo‘q qilingan.

Kiritildi: Bugun 14:31. O'qildi: 192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!