Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Eronning beshta tankerini yo‘q qilinganini e’lon qildi

AQSh Eronning beshta tankerini yo‘q qilinganini e’lon qildi

AQSh harbiylari beshta Eron neft tankerini yo‘q qildi.

Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi CENTCOM e’lon qildi.

"CENTCOM kuchlari 8 sentyabr kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi so‘nggi ikki kun ichida AQSh dengiz floti kemalariga ikkita ballistik raketa hujumini amalga oshirganidan so‘ng beshta Eron neft tankerini yo‘q qildi", deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.

CENTCOM xabar berishicha, Ummon ko‘rfazida joylashgan Kaviz, Charminar, Horizon 1 va Riesco tankerlari, shuningdek, Xark oroli yaqinidagi Derya kemasi hujumga uchragan.

Bayonotda shuningdek, 5 sentyabr kuni AQSh harbiylari uchta Eron neft tankerini yo‘q qilgani ta’kidlangan.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!