AQSh Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 81 ta havo texnikasini yo‘qotgan. Bu haqda Kongress hisobotida aytilgan.
Yo‘qotishlar orasida 47 ta dron, 21 ta harbiy samolyot va 13 ta vertolyot bor.
Hisobotga ko‘ra, 54 ta havo texnikasi butunlay yo‘q qilingan yoki ta’mirlab bo‘lmaydigan darajada zararlangan. Yana 27 tasi jiddiy shikastlangan.
Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, keltirilgan raqamlar dastlabki bo‘lib, maxfiylik rejimi, davom etayotgan harbiy harakatlar va ma’lumotlarni tekshirishdagi qiyinchiliklar tufayli tuzatilishi mumkin.