AQSh davlat kotibligi vakili Eron sanksiyalarining neft sohasiga tegishli qismi 4 noyabrdan boshlab kuchga kirishini eslatib o‘tdi. Bu haqda TRT abar tarqatdi, dedi "azon.uz".
Davlat kotibligi vakilining aytishicha, AQSh ittifoqdoshi bo‘lgan mamlakatlar Erondan neft importini mazkur sanagacha butunlay to‘xtatishi kerak. Aks holda sanksiyalarga duch kelishlari mumkin.
O‘z navbatida Erondan neft import qiladigan davlatlar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari tomoni alohida suhbatlar o‘tkazadi.