Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Eronga qarshi yer usti operasiyasini tayyorlayaptimi?

AQSh Eronga qarshi yer usti operasiyasini tayyorlayaptimi?

AQShdagi ayrim respublikachi siyosatchilar Eronga qarshi ehtimoliy yer usti harbiy operasiyasi tayyorlanayotgani haqida ogohlantirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, asosiy maqsad strategik ahamiyatga ega Xark neft oroli bo‘lishi mumkin.

The Wall Street Journal ma’lum qilishicha, Kongressdagi kamida uch nafar respublikachi, jumladan, Vakillar palatasi va Senatning qurolli kuchlar qo‘mitalari rahbarlari, Eronda yer usti operasiyasi rejalashtirilgani va yaqin vaqt ichida boshlanishi mumkinligini bildirgan.

The Jerusalem Post esa AQSh Xark orolini egallash ssenariysini ko‘rib chiqayotganini yozgan. Bu orqali Eron neft eksportining taxminan 90 foizi amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Financial Times va Newsmax Yaqin Sharqqa minglab dengiz piyodalari va harbiy kemalar tezlashtirilgan tarzda yuborilayotganini qayd etmoqda.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, Eron ham Xark oroliga qo‘shimcha kuchlar joylashtirmoqda va ehtimoliy bosqinga qarshi tuzoqlar tayyorlamoqda.

Eron rasmiylari esa agar AQSh o‘z operasiyalarini boshlasa, butun Basra ko‘rfazini minalash bilan tahdid qilgan.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!