AQSh Qurolli kuchlari Eronga zarba berish vaqtida ilk bor o‘zining yangi "Precision Strike Missile" (PrSM) kichik masofali ballistik raketalarini qo‘lladi.
Bu haqda "TWZ" nashri ma’lumot tarqatdi. Nashrning yozishicha, PrSM raketasining uchirilishini AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan lavhalarda ko‘rish mumkin.
"Ushbu montaj qilingan videoga... g‘ildirakli "HIMARS" qurilmasidan PrSM raketasi uchirilgani aniq ko‘rinib turgan tasvir ham kiritilgan", — deyiladi nashr maqolasida.