AQSh Moliya vazirligi Eron bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilinayotgani sababli sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shimcha 20 ta kompaniya va 19 ta kemani qo‘shdi.
Bu haqda Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) e’lon qildi.
Yangilangan ro‘yxatga Britaniya Virjiniya orollari, Vetnam, Gonkong, Kayman orollari, Xitoy, Liberiya, Marshall orollari, BAA va Panama kabi bir qator mamlakatlar va yurisdiksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar kiritilgan.
Shu hafta boshida OFAC sakkizta Eron fuqarosiga, Islom Respublikasi va BAAdan to‘rtta kompaniyaga va Mahan Air tomonidan boshqariladigan ikkita Boeing 777-200ER samolyotiga sanksiyalar kiritdi.