Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Eronga ketayotgan kemaga hujum qildi

AQSh Eronga ketayotgan kemaga hujum qildi

AQSh kuchlari Ummon ko‘rfazida Eronga ketayotgan Palau bayrog‘i ostidagi neft tankeriga havo hujumi uyushtirdi.

Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba "kemaning mavjud blokadani buzishga urinishidan keyin" sodir bo‘lgan.

"Palau bayrog‘i ostidagi M/T Marivex tankeri 8 iyun kuni xalqaro suvlar orqali Eron portiga qarab yo‘l olgan edi. Ekipaj AQShning yo‘nalishni o‘zgartirish talablarini e’tiborsiz qoldirgandan so‘ng, USS Abraham Lincoln (CVN-72) aviatashuvchisidan Boeing F/A-18E/F Super Hornet qiruvchi samolyoti kemaning dvigatel va rul bo‘linmalariga aniq zarba berdi", deyiladi bayonotda.

AQSh qo‘mondonligi bayonotida ta’kidlanishicha, 13 aprelda blokada joriy etilganidan beri AQSh harbiylari yettita kemani ishdan chiqargan, "talablarga javob bergan" 134 ta kemani yo‘naltirgan va gumanitar yordam olib ketayotgan 42 ta kemaning o‘tishiga ruxsat bergan.

Kiritildi: Bugun 10:51. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!