Tehron Saudiya Arabistoniga hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng AQSh Eron tomon harbiy samolyotlarini jo‘natdi, deb yozadi The Washington Post.
So‘nggi razvedka ma’lumotlari Eronning Saudiya Arabistonidagi nishonlarga yaqin orada ballistik raketa va uchuvchisiz samolyotlar hujumi haqida ogohlantirar ekan, AQSh Markaziy qo‘mondonligi Fors ko‘rfazidagi jangovar samolyotlarini Eron tomon uchirdi.
Qayd etilishicha, bu qadam AQSh va Saudiya Arabistoni kuchlarining umumiy jangovar tayyorgarligini oshirish doirasida qilingan.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, samolyotlarning yuborilishi Vashington va Ar-Riyod o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamligini ko‘rsatdi.