Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Erondan qat’iy kafolatlar istamoqda

AQSh Erondan qat’iy kafolatlar istamoqda

AQSh Eron tomonidan bombardimon qilingan yadroviy ob’ektlardan boyitilgan uranni muzokaralar yakunlangunga qadar olib chiqilmasligini talab qilgan.

Bu haqda «Axios» jurnalisti Barak Ravid o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

«Vashington Erondan boyitilgan uranni olib chiqishga urinmaslik majburiyatini olishni talab qilmoqda», — deb yozdi u o‘zining «X» (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, talablar qatoridan muzokaralar jarayoni yakuniga yetgunga qadar ushbu ob’ektlardagi faoliyatni qayta tiklashni taqiqlash ham o‘rin olgan.

Kiritildi: 23:38 01.05.2026. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!