AQSh prezidenti Donald Tramp Eronda oliy rahbar Ali Xominaiyga o‘xshash yangi yetakchini ko‘rishni istamaydi va yangi davlat rahbarining Qo‘shma Shtatlarga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishi uchun saylov jarayonida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi.
“Men oxir-oqibat yana bir Xominaiyga ega bo‘lish uchun bularning barchasini boshdan kechirmoqchi emasman. Men saylov jarayonida ishtirok etishni istayman,” — dedi Tramp Time jurnaliga bergan intervyusida.