Amerika harbiylari parvozlarni kuzatish ma’lumotlari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayangan holda, Eron yaqinidagi harbiy ishtirokini oshirib, Yevropa va Yaqin Sharqdagi bazalarga 150 dan ortiq samolyotni ko‘chirib o‘tkazdi, deb yozadi "The Washington Post".
"To‘planayotgan kuchlar quruqlikdan bostirib kirmasdan, ko‘p kunlik operasiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan dalolat beradi", — deyiladi nashrda.
Aniqlik kiritilishicha, o‘nlab qo‘shimcha samolyotlar ilgari Gresiyaning Krit oroli qirg‘oqlarida ko‘ringan "USS Gerald R. Ford" aviatashuvchi kemasi bortiga joylashtirilgan.
"Ford Yaqin Sharqqa yuborilgan ikkinchi aviatashuvchi bo‘ldi va uning kelishi hozirda mintaqada AQShning barcha amaldagi kemalarining taxminan uchdan bir qismi mavjudligini anglatadi", — deb ta’kidlanadi maqolada.
Gazetaning qayd etishicha, AQSh Qurolli Kuchlarining mintaqadagi hozirgi ishtiroki so‘nggi yigirma yillikdagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi.