Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida kelishuvga erishildi va imzolash marosimi 19 iyun kuni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
Uning ta’kidlashicha, "intensiv muzokaralardan so‘ng" tomonlar Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Shuningdek, Sharif rasmiy imzolash marosimi 19 iyun, juma kuni Shveysariyada bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.
Uning ta’kidlashicha, tomonlar Livanni ham o‘z ichiga olgan barcha jabhalarda harbiy operasiyalarni darhol va doimiy ravishda to‘xtatishni e’lon qilishgan.