AQSh prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qilgan Jo Bayden Eronga nisbatan maksimal bosim o‘tkazish emas, balki muloqot siyosatiga amal qiladi, bu Eron yadro dasturi bo‘yicha Birlashgan harakat rejasi taqdiriga ijobiy ta’sir qiladi. Bu haqda xavfsizlik siyosati bo‘yicha Jeneva markazi vakili Mark Fino ma’lum qildi.
Ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, Bayden AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan, u allaqachon o‘z g‘alabasini e’lon qilgan. Donald Tramp hali mag‘lubiyatini tan olgani yo‘q, uning advokatlari ovozlarni sanashni to‘xtatib turish va taxmin qilingan qonunbuzarliklarni tekshirish talablari bilan turli shtatlar sudlarida da’vo arizalari bilan murojaat qilmoqda.
Finoning so‘zlariga ko‘ra, asosiy masala, AQShning yangi ma’muriyati Eronga nisbatan siyosatini qaysi ketma-ketlikda yumshatishidir.
"Bayden birinchi navbatda Eronning COVID-19 pandemiyasiga bo‘lgan munosabati va sayohatlar taqiqiga ta’sir ko‘rsatadigan sanksiyalarni bekor qiladi. Bundan tashqari, u Eronning raketa dasturi va mintaqaviy faoliyatida ham kelishuv siyosatini ma’qullaydi", – dedi ekspert.