Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Eron bilan yirik ko‘lamli urushga yaqinlashmoqda

AQSh Eron bilan yirik ko‘lamli urushga yaqinlashmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eronga qarshi yirik harbiy operasiya boshlash arafasida turibdi. Bu haqda Axios manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilari ishtirokidagi ehtimoliy harbiy harakatlar yaqin haftalarda boshlanishi mumkin. Ular so‘nggi paytdagi cheklangan operasiyalardan ko‘ra ancha keng ko‘lamli bo‘lishi kutilmoqda.

Trampning maslahatchilaridan biri “yaqin haftalarda harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli 90 foizni tashkil etadi”, deya ta’kidlagan.

Ehtimoliy operasiya avianoseslar, jangovar kemalar, yuzlab qiruvchi samolyotlar va Yaqin Sharqda joylashtirilgan havo mudofaa tizimlarini o‘z ichiga olgan to‘liq harbiy kampaniyaga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, so‘nggi 24 soat ichida yana 50 ta F-35, F-22 va F-16 qiruvchi samolyotlari mintaqada joylashtirilgan. Shuningdek, AQShning Markaziy qo‘mondonlik hududidagi dengiz guruhi 13 ta jangovar kemagacha kengaytirilgan.

Manbalarga ko‘ra, muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, Tramp keskin qaror qabul qilishi mumkin.

Kuchaygan keskinlik iqtisodiyotga ham ta’sir qilmoqda: Eron bilan ehtimoliy to‘qnashuv haqidagi xabarlar ortidan neft narxlari sezilarli darajada oshgan. Ekspertlar buni strategik dengiz yo‘llari orqali yetkazib berishda uzilish xavfi ortishi bilan izohlamoqda.

Kiritildi: 21:09 18.02.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!