Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh Eron bilan hamkorlik qilgan ikki kishi va olti kompaniyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi

AQSh Eron bilan hamkorlik qilgan ikki kishi va olti kompaniyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi

Payshanba kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Gonkongdagi ikkita, Shanxay va Dubayda joylashgan bittadan kompaniyalarni qora ro‘yxatga kiritdi.

Ular Eronning milliy neft kompaniyasiga millionlab dollarlik mahsulotlarni eksport qilishda yordam bergan.

AQSh moliya vazirligi Gonkongda joylashgan “Triliance Petrochemical Co. Ltd” va “Sage Energy HK Limited” Xitoyda joylashgan “Peakview Industry Co Ltd” va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan “Beneathco DMCC” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, AQSh hukumati yana ikkita kompaniya- Jiaxiang Industry Hong Kong Limited” va “Chandong Oiwangwa Petrochemical Co Ltd”, shuningdek ikki biznesmen – Ali Bayandrian va Jiqing Vangga nisbatan sanksiyalar kiritdi.

Joriy qilingan sanksiyalar mazkur kompaniyalarning AQSh hududidagi barcha aktivlarini muzlatib qo‘yadi va AQSh kompaniyalari va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qilishlariga to‘sqinlik qiladi.

Ushbu sanksiyalar AQShning Eron iqtisodiyotiga «maksimal bosim» uyushtirish harakatlarining so‘nggi ko‘rinishidir. Qo‘shma Shtatlar bu bilan Eronning yadroviy dasturi, mintaqaviy faoliyati va ballistik raketalarini cheklamoqchi.

Manba: tarjumon. uz

Kiritildi: 06:45 25.01.2020. O'qildi: 1914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!