AQSh Yevropa Ittifoqining Ukraina bo‘yicha tayinlanishi mumkin bo‘lgan maxsus vakilini tan olishdan bosh tortishi va uni muzokaralar jarayoniga qo‘ymasligi mumkin.
Bu haqda "Euronews" xabar bermoqda.
Telekanalning qayd etishicha, hozirda Vashington YEI vakilini nizoni hal qilish bo‘yicha muzokaralarga, jumladan, yopiq eshiklar ortidagi uchrashuvlarga kiritishga rozi bo‘lishiga ishonch yo‘q.
"Bugungi kunda amerikaliklar YEI maxsus vakilining legitimligini tan olishi va uni qat’iy maxfiy muzokaralarga jalb qilishiga hech qanday kafolat yo‘q", — deyiladi "Euronews" materialida.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida Ukrainadagi nizoga chek qo‘yish uchun Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish chaqiriqlari tobora ko‘proq yangramoqda.