Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh dronlar borasida Ukraina va Rossiyadan ortda qolmoqda

AQSh dronlar borasida Ukraina va Rossiyadan ortda qolmoqda

Bu haqda Politico nashri ma’lum qildi.

“Ko‘plab ekspertlarning fikricha, amerikalik harbiylar nafaqat dronlardan foydalanish, balki ukrainaliklar va rossiyaliklar allaqachon o‘zlashtirib olgan murakkab qurilmalarni ishlab chiqishdan ham yiroq.

Ular orasida dushman tanklari va texnikasini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan kamikadze dronlari, minalar o‘rnatishga hamda o‘q-dori va dori-darmon yetkazib berishga qodir yer usti dronlari, kichik dronlarni front ortiga olib o‘ta oladigan yirik dronlar va boshqalar bor”, deb yozadi nashr.

Mudofaa vaziri Pit Xegsetning tan olishicha, bugungi kunda AQSh armiyasida zamonaviy jang maydonining asosiy quroli hisoblangan "o‘ldiruvchi kichik dronlar" mavjud emas. Ularning yo‘qligida sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatini ayblamoqda. Uning ta’kidlashicha, Bayden ma’muriyati "byurokratiyani qo‘llagan" bir paytda, "raqiblar har yili birgalikda millionlab arzon dronlarni ishlab chiqarmoqda".

Bundan tashqari, Xegset Rossiya-Ukraina mojarosi tajribasiga asoslanib, dronlarga arzon, bir martalik va ommaviy ishlab chiqariladigan o‘q-dorilar sifatida qarash kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:25 28.08.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!