AQSh Ispaniyaning Vashingtonga o‘z havo hududidan foydalanishni rad etayotganidan va bu bilan «maqtanayotganidan» juda qattiq hafsalasi pir bo‘lgan.
«Amerika Qo‘shma Shtatlarisiz NATO mavjud emas. Agar biz ertaga qo‘shinlarimizni Yevropadan olib chiqishga qaror qilsak, bu NATOning oxiri bo‘ladi.
Agar NATOning mohiyati faqatgina biz hujum sodir bo‘lgan taqdirda Yevropani himoya qilishimizdan iborat bo‘lsa-yu, lekin ular bizga kerak bo‘lgan vaqtda bazalaridan foydalanish huquqini bermasa, demak, bu unchalik yaxshi kelishuv emas.
Amerika Qo‘shma Shtatlari yordamga muhtoj bo‘lgan vaqtda, biz himoya qilish majburiyatini olgan NATO a’zosi bo‘lmish Ispaniya kabi davlatlarning o‘z havo hududidan foydalanishni taqiqlashi va bu bilan maqtanishi juda achinarli holat», — dedi Rubio.