Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh davlat kotibi Pompeo fevralda O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi Pompeo fevralda O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 29 yanvardan 4 fevralga qadar Buyuk Britaniya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 

Pompeo dastlab Londonda Boris Jonson, Dominik Raab kabi siyosatchilar uchrashadi, 30 yanvarda esa Kiyevda Ukraina rahbariyati bilan ko‘rishadi. So‘ngra Belarus va Qozog‘iston va nihoyat 2-3 fevralda O‘zbekistonga tashrif amalga oshiriladi.

Pompeoni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi. AQSh lavlat kotibi shuningdek, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Pompeo Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida C5+1 formatida uchrashuv ham o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:31 26.01.2020. O'qildi: 1739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!