Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh davlat kotibi Blinken Xitoyga keladi

A A A
AQSh davlat kotibi Blinken Xitoyga keladi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning ma’lum qilishicha, u kelasi yili yanvar yoki fevral oyida Xitoyga safar qiladi.

"Biz Xitoyga yil boshida boramiz – bu yanvar yoki fevral oyi bo‘ladi, hali yakuniy qarorga kelganimiz yo‘q", - degan Blinken France 2 telekanaliga intervyu berganda.

Avvalroq u XXRga safar qilish maqsadi yaqinda bo‘lib o‘tgan G20 sammitida AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan Xitoy raisi Si Szinpin uchrashuvida kelishib olingan masalalarni yanada takomillashtirishga qaratilishini aytgan edi.

Kiritildi: 14:24 02.12.2022. O'qildi: 1686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik