Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh bugun Parijda Ukraina bilan muzokaralarni davom ettiradi

AQSh bugun Parijda Ukraina bilan muzokaralarni davom ettiradi

AQSh delegasiyasi Ukraina bilan muzokaralarni 7 yanvar kuni Parijda davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Parijdagi "xolislar koalisiyasi" yig‘ilishida ishtirok etayotgan AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff ijtimoiy tarmoqda yozdi.

"Biz bugun kechqurun va ertaga Ukraina delegasiyasi bilan muzokaralarimizni davom ettiramiz va yaqin kelajakda qo‘shimcha ijobiy sur’atga erishishga umid qilamiz", dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh delegasiyasi Parijdagi “xolislar koalisiyasi” yig‘ilishidagi muzokaralar chog‘ida Ukraina uchun ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari va iqtisodiyotni tiklash rejasi bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan.

"Biz ishning bir qancha muhim yo‘nalishlari, jumladan, ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari va iqtisodiy farovonlik rejasi bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdik. Prezident Donald Tramp Ukrainada tinchlik o‘rnatilishini istaydi va biz uning ko‘rsatmasi bo‘yicha bu maqsadga erishish uchun qo‘limizdan kelganini qilishga sodiqmiz", deb ta’kidladi Uitkoff.

Kiritildi: 09:20 07.01.2026. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!