Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining KXDR bo‘yicha tezkor yig‘ilishini chaqirdi

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining KXDR bo‘yicha tezkor yig‘ilishini chaqirdi

Vashington qator davlatlarni Shimoliy Koreyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni “mensimaslikda” ayblamoqda.

Anado‘li”ning xabar berishicha, AQSh hukumati shu vaj bilan BMT Xavfsizlik Kengashining KXDR masalasi bo‘yicha tezkor yig‘ilishini chaqirgan.

Vashington aynan qaysi davlatlarni ayblayotganiga aniqlik kiritmagan bo‘lsa-da, bu Rossiya degan ehtimol ham yo‘q emas. Boisi, mazkur hafta o‘rtasida AQSh hukumati Moskvani BMTning KXDR bo‘yicha ma’ruza tayyorlayotgan mustaqil ekspertlariga bosim o‘tkazganlikda ayblab chiqdi. AQSh vakillarining fikricha, Rossiya tomoni hujjatga o‘zgartish kiritishga harakat qilmoqda. “ Ekspertlar guruhining Rossiya bosimi ostida ma’ruzada qayd etiladigan masalalarga o‘zgartish kiritganidan hafsalamiz pir bo‘ldi” degan AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli o‘z bayonotida.

Aniqlik kiritilishicha, BMT Xavfsizlik Kengashining KXDR bo‘yicha tezkor yig‘ilishi 17 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.


Manba: uza. uz
Kiritildi: 18:09 15.09.2018. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!