Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh aviakompaniyalariga shoshilinch ogohlantirish: "Eron ustidan uchmang"

A A A
AQSh aviakompaniyalariga shoshilinch ogohlantirish: "Eron ustidan uchmang"

AQShning fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi (FAA) AQSh aviakompaniyalariga Eronning Hurmuz bo‘g‘ozi va Ummon ko‘rfazi ustidagi havo hududidan uchib o‘tishni taqiqlovchi shoshilinch ogohlantirishni e’lon qildi. 

FAA’ning boshqa bayonotida Eron tomonidan AQSh droni urib tushirilganda unga eng yaqin samolyot 72 km uzoqlikda bo‘lganini ma’lum qilgan.  

20 iyunda Islom inqilobi soqchilari korpusi eronlik harbiylar Eron janubida, Fors ko‘rfaziga kirish joyida mamlakat havo hududiga buzib kirgan AQShning uchuvchisiz parvoz qurilmasini urib tushirganini ma’lum qilgan. Keyinroq AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi Eron zenit-raketa majmuasi Hurmuz bo‘g‘ozi ustidagi xalqaro havo hududida AQSh dronini urib tushirganini xabar qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp dronning urib tushirilishini “Eronning katta xatosi” deb atagan, biroq keyinroq bu atayin qilinganiga ishonmasligini aytgan va kimdir xato qaror qabul qilgani taxminini bildirgan.

Kiritildi: 10:33 21.06.2019. O'qildi: 1604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!