Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Armaniston qurolli kuchlarini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

AQSh Armaniston qurolli kuchlarini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

AQSh Armaniston qurolli kuchlarini isloh qilishga ko‘maklashishni davom ettiradi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi Armaniston va AQSh o‘rtasidagi mudofaa masalalariga bag‘ishlangan ikki tomonlama maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

AQSh mudofaa vaziri yordamchisining o‘rinbosari Endryu Lumis Vashington maslahat dasturlari, tajriba almashinuvi va boshqa mexanizmlar orqali Armaniston tomonini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini bildirgan.

Tomonlar so‘nggi yillarda amalga oshirilgan mudofaa hamkorligi dasturlarini sarhisob qilib, kelgusidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Uchrashuv yakunida tegishli protokol imzolangan.

Armaniston so‘nggi yillarda AQSh bilan harbiy hamkorlikni kengaytirmoqda. Islohotlar doirasida NATO standartlariga mos yangi harbiy forma joriy etilmoqda. Shuningdek, tomonlar qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar va harbiy xizmatchilar tayyorgarligini davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 08:00 21.09.2026. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!