Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Adliya vazirligi Ilon Maskni sudga berdi

A A A
AQSh Adliya vazirligi Ilon Maskni sudga berdi

Ilon Mask AQSh Federal Savdo Komissiyasi qoidalarini hamda “X” (sobiq “Twitter”) ijtimoiy tarmog‘ining maxfiyligi va xavfsizligini buzgan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda AQSh Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, da’vo Federal savdo komissiyasi nomidan 11-sentyabr kuni berilgan.

“Ilon Mask X Corp kompaniyasini qattiq nazorat qilgan va ba’zan o‘z xodimlariga ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan buyruqlar bergan”, — dedi AQSh Adliya vazirligi.

Shuningdek, Federal Savdo Komissiyasi kompaniyada tekshiruv o‘tkazdi va xaotik muhit borligini aniqladi, bu Mask va boshqa rahbarlar X Corp talablariga muvofiqligini ta’minlaganmi degan jiddiy savollar tug‘diradi.

Kiritildi: 07:22 14.09.2023. O'qildi: 1947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!