14 yanvar kuni AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi 37 ta Xitoy kompaniyasini uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalanayotgan korxonalar ro‘yxatiga qo‘shganini ma’lum qildi.
2021 yilda Qo‘shma Shtatlar uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgandi (Uyg‘urlarning majburiy mehnatini oldini olish qonuni, Uyghur Forced Labor Prevention Act, UFLPA).
Bir qator inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida XXR markaziy organlari asosan musulmonlardan iborat mahalliy aholi vakillarini ta’qib qilmoqda. O‘shandan beri AQSh rasmiylari Shinjonda majburiy mehnatdan foydalanayotgani taxmin qilinayotgan Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini saqlab kelmoqda va bu kompaniyalar mahsulotlarini AQShga olib kirishni taqiqlagan.
Bugun, 14 yanvar kuni ro‘yxatga, xususan, Xitoyning eng yirik to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilaridan biri – Huafu Fashion, shuningdek, uning 25 ta sho‘’ba korxonalari kiritilgan. Shuningdek, Donghai JA Solar va Jiangsu Meike Solar kabi yirik quyosh panellari ishlab chiqaruvchilari ham tilga olinadi. Ro‘yxatga bir nechta akkumulyator ishlab chiqaruvchilari va konchilik kompaniyalari ham kiritilgan.
Milliy xavfsizlik departamentining bugungi e’loniga ko‘ra, UFLPAga tegishli Xitoy kompaniyalarining umumiy soni 144 taga yetdi.